35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Avlodlar o‘rtasida tajriba va fikr almashildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
47-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#ekspert_guruhi_faoliyati

47-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K.Umirovning saylov okrugidagi “Navro‘z” mahallasida joylashgan 47-sonli umumta’lim maktabining mavjud holati tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bino va sinfxonalarning holati, obodonlashtirish hamda ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilini munosib boshlash uchun amalga oshirilgan ishlar va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida maktab yaqinida “Bolalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi o‘rnatilmaganligi bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2