35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#jarayon
#deputat nazorati

“Uyg‘ur” MFYda chiqindilarni olib chiqish masalasi hal etildi

♻️O‘rta Chirchiq tumanida hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

♻️Joriy yilning 17-avgust kuni Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Uyg‘ur” MFY hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganda mahalladagi chiqindi qutisi yonida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiqindi to‘planadigan joy tashkil etilgani aniqlangan edi.

♻️Mazkur holat deputat tomonidan nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

♻️Natijada chiqindi qutisi atrofi va o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan chiqindixona to‘liq tozalanib, hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yaxshilandi.

♻️Bunday amaliy ishlar hududlarda aholi uchun qulay va toza muhit yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Slide 1 of 1