35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
“Istiqlol” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_okrugida
#murojaatlar_daftari
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

“Istiqlol” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev o‘z saylov okrugi hududidagi “Istiqlol” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada yashovchi fuqarolarning mavjud muammo va murojaatlari, takliflari hamda ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, mazmuni atroflicha o‘rganildi va ularni hal etish bo‘yicha fikr va takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, deputatlik vakolatlari doirasida zarur choralarni ko‘rish hamda hal etilishi talab etiladigan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3