35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI KAMCHILIKLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan hududdagi obodonlashtirish masalalari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida hududdagi mavjud obodonlashtirish bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish, zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda hududning sanitariya va obodonlik holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur masala tuman obodonlashtirish boshqarmasining vakolat va vazifalariga bevosita taalluqli bo‘lishiga qaramay, mas’ul tashkilot tomonidan ishlarning o‘z vaqtida va talab darajasida tashkil etilmayotgani, mavjud muammoni bartaraf etish choralariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani kuzatilmoqda.

Ayniqsa, obodonlashtirish sohasida vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashish, ijro intizomiga yetarlicha rioya qilmaslik, mas’uliyatni to‘liq his etmaslik hamda hududdagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik kabi holatlar aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Obodonlashtirish ishlari faqat topshiriqni qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, uning amaliy natijasi bilan yakunlanishi lozim. Mas’ul tashkilot tomonidan berilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilmasligi hududning umumiy obodonlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholi uchun qulay va munosib muhit yaratish borasidagi ishlarning samaradorligini pasaytiradi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotning mazkur masalaga munosabatini ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda mas’ul mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatli va vijdonan yondashishi so‘raldi.

Deputatning asosiy talabi — obodonlashtirish sohasidagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatida ijro intizomi va mas’uliyatni kuchaytirish hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy natija bilan hal etishdan iborat.

Slide 1 of 1