35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
#Deputat_tashabbusi

#Deputat_tashabbusi

🤝 Mahalla muammolari — deputat e’tiborida.                                 

Mahalla hayoti bilan yaqindan tanishish, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir. 

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 21-okrug deputati M.Qoraxo‘jayev tomonidan “Shodlik” mahallasida mahalla raisi U.Axmedov hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
🔹 mahalla ichki ko‘chalarining holati va ularni ta’mirlash masalalari;
🔹 ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish;
🔹 avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar;
🔹 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash masalalari.

✅Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3