35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA LOYIHA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati D.Xamraqulov, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda biriktirilgan tashkilot — “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ tuman filiali injeneri O.Omonov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori asosida dasturga kiritilgan loyiha joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida tuman markazida renovatsiya asosida savdo va xizmat ko‘rsatish kompleksini tashkil etish uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, xususan, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha doirasida jami shartnoma qiymati 9,6 mlrd so‘m bo‘lib, 2 dona tik quduq qazish, 2 000 kub metr sig‘imli suv saqlash omborini qurish hamda 5,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari rejalashtirilgan.

Bugungi kunda loyiha doirasida 1 dona tik quduq qazish hamda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Mazkur loyiha tuman markazida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Loyihaning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3