35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Bolalar stomatologiya poliklinikasida sanitariya holati va dori-darmon ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan Qo‘qon shahar Bolalar stomatologiya poliklinikasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish va dezinfeksiyalash bo‘limining sanitariya normalari va belgilangan standartlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasaning bir martalik tibbiy buyumlar, jumladan, shprislar, tibbiy qo‘lqoplar va so‘lak so‘rg‘ichlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

Tibbiy chiqindilarni xavfsiz to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish tartibiga rioya etilishi, chiqindilar bilan ishlash jarayonida sanitariya va xavfsizlik talablarining bajarilishi ham tahlil qilindi.

O‘rganish davomida Bolalar stomatologiya poliklinikasi nafaqat Qo‘qon shahri, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham tibbiy xizmat ko‘rsatishi inobatga olinib, muassasaning kelgusi ehtiyojlarini moliyalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan 2027-yil uchun smeta xarajatlarida dori-darmonlar bilan ta’minlash yo‘nalishiga ajratiladigan mablag‘larni 30 foizga oshirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur taklif doimiy komissiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, masalani Qo‘qon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3