35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Bolalar stomatologiya poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi azolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur qonunlar talablarining amaliyotdagi ijrosi, bolalarga ko‘rsatilayotgan stomatologik tibbiy xizmatlarning sifati va mavjud shart-sharoitlar, shuningdek, voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish jarayonida mavjud holat va muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda qonunlarda belgilangan huquq va kafolatlarni ta’minlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3