35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Chiqindi tashashi xizmati yuzasidan aholi fikrlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashib, tumanda aholining qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati yuzasidan fikrlari o‘rganildi.

🟢Muloqotlar davomida fuqarolarning mazkur xizmat bo‘yicha fikr va mulohazalari, mavjud muammolari hamda xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflari tinglandi. Aholi bilan muloqotlarda chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va hududdan olib chiqib ketish, chiqindi to‘planadigan joylarni sanitar holatda saqlash, maxsus texnika vositalarining belgilangan grafik asosida harakatlanishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Ayrim hollarda fuqarolar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari belgilangan grafik asosida amalga oshirilmayotganligi yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Xususan, maxsus transport vositalari ayrim hududlarga belgilangan vaqtda kelmayotgani natijasida chiqindilarning to‘planib qolishi, bu esa aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

🟢Deputatlar murojaatlarni joyida o‘rganib, chiqindi tashish xizmati ko‘rsatuvchi mas’ullar bilan muloqotda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf etish, maxsus texnika vositalarining texnik sozligi va harakatini nazorat qilish, tasdiqlangan grafikka qat’iy rioya etish zarurligini qayd etdilar.

🟢Shuningdek, mahallalarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish jarayoni ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarini muntazam o‘rganib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2