35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
“Ashurqulmergan” mahallasida "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan deputat X.Abdullayev saylangan “Ashurqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tiliga oid qonunchilik talablarining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada ish yuritish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, tashqi va ichki axborot vositalari, ko‘rgazmali yozuvlar hamda fuqarolar bilan muloqotda davlat tilidan foydalanish holati o‘rganildi. Shuningdek, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etish, rasmiy hujjatlarni yuritish sifatini oshirish hamda davlat tilining jamiyatdagi nufuzini yanada yuksaltirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliy ijrosini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2