35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda

 Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda

🚨 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, tuman Kengashi deputatlari, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hamkorlikda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🚨 Yig‘ilishda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda mavjud muammolarini o‘rganib, ularga amaliy yechim topish masalalari muhokama qilindi.

🚨 Tadbir davomida Yoshlar maslahat guruhining tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish, yoshlar murojaatlarini o‘rganish va ularni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

🚨 Tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish va huquqiy maslahatlar berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🚨 Yig‘ilishda bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kelgusida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

🚨 Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamoatchilik ishlaridagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda yoshlar siyosati sohasidagi vazifalarni samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7