35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Deputatlik nazorati 19¹-modda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortijeyevich tomonidan Markaz mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida deputatlik nazorati va o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi mutaxassislari M. Choriyeva hamda L. Xurramov ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida, avvalo, aholiga imtiyozli va bepul dori-darmon vositalarining belgilangan tartibda yetkazib berilishi, ularning fuqarolarga tarqatilganligi hamda dori vositalarini berish bo‘yicha hisob-reestr hujjatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, dori-darmonlarning saqlanishi, hisobini yuritish va bemorlarga belgilangan tartibda yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, DMT jarayonlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, murojaatlarini qabul qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi. Deputatga shu kunning o‘zida oilaviy shifokorlik punktiga murojaat qilgan fuqarolar soni, ularga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar hamda profilaktik tadbirlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, dori-darmonlar hisobini aniq va shaffof tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlariga manzilli yondashish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda tibbiyot muassasalarida belgilangan tartiblarning to‘liq bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

Slide 1 of 6