35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
ISH REJALARI IJROSI VA DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan doimiy komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengashning kunlik ish rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud masalalar atroflicha tahlil qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, deputatlik faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan kotibiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlar bilan hamkorlik, kunlik topshiriqlar ijrosi hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil axborot berildi.

Yig‘ilish davomida doimiy komissiyalar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholining murojaatlari bilan manzilli ishlash va hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5