Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Deputatlik nazorati: hududdagi ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 2-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Jovliyev Ravshan hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi bilan uchrashilib, uning faoliyati, ish yuritish tartibi hamda mavjud ish hujjatlari ko‘rib chiqildi. Mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud masalalarni tizimli o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va saylovchilar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini izchil davom ettirish taʼkidlandi.

Slide 1 of 4