Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

 Jumladan, Uchko‘prik tumani, Mullazoir mahallasida joylashgan 32-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi. 

Shuningdek DMTT oshxonasining sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, bolalar uchun tasdiqlangan taomnomaning amalda bajarilishi, taomlarning sifati va belgilangan me’yorlarga muvofiqligi o‘rganildi. Muassasaning isitish tizimi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga ham alohida e’tibor berildi. 

Bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi va jismoniy rivojlanishi uchun tashkil etilgan ochiq maydonchalar, o‘yin hududlari mavjudligi, ularning xavfsizligi, sanitariya holati va foydalanishga yaroqliligi baholandi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, muassasada sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish va tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 4