Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 Aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati Mirzayev Turg‘un Yo‘ldoshyevich tomonidan “Do‘stlik” mahallasidagi 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kirish qismidagi mavjud muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Avvalgi o‘rganish davomida bog‘cha kirish qismidagi yo‘l yomg‘irli kunlarda loy va balchiq bo‘lib qolishi, bu esa tarbiyalanuvchilar hamda ularning ota-onalariga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlangan edi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasi tuman bo‘limining birinchi o‘rinbosari O. Yodgorov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda 33-sonli DMTT kirish qismidagi holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar haqida belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📌 Muammo aniqlandi — deputatlik so‘rovi yuborildi — amaliy yechim kutilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 2