Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Djumayev Zafar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya axborot berdi.

Sessiyada tuman hokimligida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, ijro holatini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tuman hokimligi ijro apparati rahbari U. Raxmatovning hisoboti tinglandi doimiy komissiya qarori qildi.

Shuningdek, dushanba va juma kunlari ijro intizomi bo‘yicha qabullarni muntazam o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Mazkur qabullar orqali ijro intizomi bilan bog‘liq masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va aniqlangan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I. Mustaramovning hisoboti ham doimiy komissiyada tinglandi. Unga ko'ra jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda ijro intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Doimiy komissiya tomonidan ijro intizomini yanada kuchaytirish, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, fuqarolarni o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ijro intizomi bo‘yicha qabullar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiya davomida mazkur masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.