Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputat va tashkilot hamkorligi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot tomonidan Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Choriyeva ham ishtirok etdi.

🌱 Murojaatda ayrim hududlarda dehqon va tomorqa yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan ariqlarga suv yetib kelmayotgani, natijada ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.

Mazkur masalani amaliy jihatdan o‘rganish maqsadida deputat tomonidan Angor tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat tashkiloti rahbari o‘rinbosari Sh. Eshaliyev bilan birgalikda hudud ko‘zdan kechirildi.

💧 O‘rganish davomida suv ta’minotidagi muammolar, ariqlarning holati hamda suv yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilinib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4