Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvat Tadjimurodovich tomonidan 11–Navro‘z saylov okrugi hududidagi Navro‘z mahallasi fuqarolarining murojaati joyiga chiqib o‘rganilgan edi.

Murojaatda “Zamin Angor Cluster” MChJ zavodi oldidagi yuzga yaqin daraxt uzoq vaqt davomida sug‘orilmay, qurib borayotgani hamda mahalla ichki ariqlariga suv yetib kelmayotgani sababli fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orishda muammolar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, hududni sug‘orish suvi bilan ta’minlash, daraxtlarni asrab qolish va tomorqalarga suv yetkazib berish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Deputatlik so‘roviga Angor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasidan javob kelib, o‘rganish natijasida bugungi kunda “Navro‘z” mahallasi ichki ariqlarida suv mavjudligi, shuningdek, “Zamin Angor Cluster” MChJ yer maydoniga ekilgan daraxtzorlar sug‘orilayotgani ma’lum qilindi.

✅ Shu tariqa, fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilib, masala ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 7