Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

📚 O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuni talablari asosida 👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasidagi profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar.
🟢 O‘rganish davomida Yangi O‘zbekiston mahallasining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “yashil” toifaga kirishi, hududda osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔎 Shuningdek, profilaktika inspektorining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni o‘rganishi, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunida profilaktika inspektori faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🤝 Tinch va osoyishta mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 5