Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
🏗 Dastur doirasida barpo etilayotgan Madaniyat markazi qurilishi o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasida dastur doirasida yangidan qurilayotgan Madaniyat markazining qurilish ishlari o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda obyektni sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🏛 Yangi Madaniyat markazining foydalanishga topshirilishi mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
📌 Qurilish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi hamda ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝 Deputatlik nazorati — hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatli va samarali bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3