Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#Haftalik ish rejaga asosan 24-tavsiya ijrosi #kotibiyat xodimi faoliyati

TA’LIM MUASSASASIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 4–Tallimaron saylov okrugi deputati Jumayev Zafar Unarovich hududidagi 14-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratilib, sinf xonalarining holati, o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📖 Shuningdek, deputatga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan maktab jamoasiga huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda ijtimoiy sheriklikning mazmuni, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati hamda jamiyat hayotidagi o‘rni haqida tushuntirishlar berildi.

✅ O‘rganish yakunida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, maktabda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, huquqiy bilimlarni oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5