Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#deputat_vazifalaridan #162-qonun #Kengash_va_deputatlar_haqida

“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan targʻibot tadbiri oʻtkazildi o'ziga biriktirgan qonun doirasida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13–Angor saylov okrugi deputati Joʻrayev Akbar Nortojiyevich tomonidan fuqarolar oʻrtasida “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida aholiga maishiy chiqindilarni toʻgʻri saralash va belgilangan tartibda chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya qoidalariga rioya etish hamda har bir fuqaroning ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi masʼuliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, deputat Qadimiy Angor mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari, hudud tozaligini taʼminlash, ozodalikka rioya etish hamda fuqarolarning bu boradagi faolligini oshirish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi. Mahalla taraqqiyoti va ekologik barqarorlikni taʼminlash har bir fuqaroning masʼuliyati ekani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida fuqarolarni yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga, chiqindilar bilan bogʻliq qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilishga hamda mahalla ozodaligini saqlashga oʻz hissasini qoʻshishga chaqirildi.

Slide 1 of 4