Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
🤝 Tashrif davomida Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i A.Bazarbaev hamrohligida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, markazda yaratilgan shart-sharoitlar hamda navbatlar tizimi ko‘zdan kechirildi.
👥 Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, yaratilgan qulayliklar va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
🔍 Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i A.Bazarbaev bilan muloqot davomida xizmat ko‘rsatish samaradorligi, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Fuqarolarga qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish — aholi bilan ishlash samaradorligining muhim mezonidir.