35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

✏️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ural Muhammadiev tomonidan Yashnobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Rizayev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

❗️Deputat so‘rovida "Fidoyilar" mahallasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy hududlarni tozalash, yashil hududlarni parvarishlash hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan murojaatlar bildirilgani qayd etilgan.

✉️ Shu munosabat bilan mas'ul tashkilotlardan holatni o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

✔️ Deputat so‘rovining ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1