35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari ijrosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat Alisher Sharipov yangi maktab hududida tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik tashabbusi doirasidagi loyiha ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Qalqon mahallasida deputat va aholi uchrashuvi
янв.21
Murojaat ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat Alisher Sharipov obodonlashtirish ishlarini nazoratga oldi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Qonun yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining deputati Bahrom Xudoyarov tomonidan 2026-yil II choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.
XALQ DEPUTATLARI YASHNOBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI URAL MUHAMMADIYEV 2026-YIL 2-CHORAK YAKUNI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

👥 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq deputat Ural Muhammadiyev Fidoyilar va To'ytepa mahallasining saylovchilari bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda tuman hokimligi mas’ul xodimlari, “mahalla yettiligi” vakillari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida saylovchilar bilan uchrashuv va qabullar o‘tkazilgani, fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ular yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilgani hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilganini ta’kidladi.

📊 Shuningdek, “Fidoyilar” MFYda 6 873 nafar aholi istiqomat qilishi, 15 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgani, 95 nafari o‘zini o‘zi band qilgani, 4 nafarga 80 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgani hamda 2026-yil davomida mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilmagani haqida ma’lumot berildi.

“To‘ytepa” MFYda 3 755 nafar aholi, 1 862 ta oila va 1 896 ta xonadon mavjudligi, Ijtimoiy reyestrda 2 ta oila ro‘yxatda turgani hamda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 4 ta jinoyat qayd etilgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, aholi bandligini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, mahallalarni yanada obod va xavfsiz hududga aylantirish hamda mavjud muammolarni deputatlik nazorati asosida hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1