📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Sardor Suvonqulov tomonidan "Parvoz" MFY aholisidan kelib tushgan murojaat asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.
❗️Murojaatda Aviasozlar-1 mavzesi, 7 va 113-ko‘p qavatli uy hovlisidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin qurilmalari eskirib, ta’mirtalab holatga kelgani hamda bolalar o‘yin jihozlari yetarli emasligi bildirilgan.
✅Shundan kelib chiqib, deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotlardan bolalar maydonchasini xatlovdan o‘tkazish, nosoz va yaroqsiz o‘yin qurilmalarini yangisiga almashtirish, shuningdek hududga qo‘shimcha bolalar o‘yin jihozlarini o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
Mazkur murojaat ijrosi deputat nazoratiga olingan.