Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati M. Xudayberganova tomonidan Bog‘ot tumani "Ko‘p tarmoqli poliklinikasida aholiga bepul dori-darmonlar tarqatilishi" holati o‘rganildi.
📝 O‘rganish davomida poliklinikada bugungi kunda 40 turdagi bepul dori vositalari mavjudligi, ular shifokorlar tomonidan qo‘yilgan tashxis va belgilangan retsept asosida bemorlarga bepul berilishi ma’lum bo‘ldi.
✍ Jumladan, salbutamol, bisoprolol, amlodipin, aspirin, klopidogrel, enalapril, furosemid, varfarin hamda boshqa zarur dori vositalari bilan ta’minlangan.
Shuningdek, poliklinikada mavjud 28 turdagi dori vositasi 7 turdagi kasallikni davolash va oldini olish maqsadida bemorlarga bepul tarqatilayotgani hamda ushbu jarayon belgilangan tartibda tashkil etilgani aniqlandi.
🏛 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari tomonidan aholining sifatli tibbiy xizmat va dori vositalaridan foydalanish huquqlarini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.