Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida hududdagi yashil maydonlar va daraxtlarning holati ham ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida ko‘plab chinor daraxtlari mavjudligi aniqlandi. Mazkur daraxtlarni asrab-avaylash, ularning noqonuniy olib tashlanishining oldini olish hamda hududdagi ekologik muvozanatni saqlash muhimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan chinor daraxtlarining holatini tizimli nazoratga olish, ularni xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, shuningdek, hududda ekologik monitoring ishlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda Qo‘qon shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i S.Sultonov bilan hamkorlikda mahalla hududida xatlov va monitoring kuzatuvlarini o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi.
Daraxtlarni muhofaza qilish, ularning saqlanishini ta’minlash hamda hududning ekologik holatini barqaror ushlab turish masalasi deputat N.Shomatov nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi