35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirish — kelajak xavfsizligi garovidir
янв.21
📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Axmedova Tuxfaxon Muxitdinovna tomonidan Joʻrabek mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Murojaatlar qabul qilindi
янв.21
📍 Asalobod mahallasida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
jamoat xavfsizligini taʼminlash, xavfsiz muhitni yaratish ishlari muhokama qilindi
янв.21
Donishmand mahallasida ishchi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Deputat ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar va sayyor qabullarni tashkil etish orqali fuqarolarning murojaatlari hamda hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputat S.Qosimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov ishtirokida “Shabnam” mahallasidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5–41-bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, “Mahalla obodligi” va “Mehr-saxovat” oyliklari doirasida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda hududni yanada obod qilish borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Shu bilan birga, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439-II-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, fuqarolarning axborot olish huquqi va ushbu huquqning huquqiy kafolatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni davom ettirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Xalq bilan muloqot — muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishning muhim vositasidir.
Slide 1 of 3