📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Shodiyeva Ra’no Odilovnaga Mohirlar mahallasi fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari D.Ibragimov hamda A.Alisherov tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
📝 O‘rganish jarayonida mahalla ichki ko‘chalarining tungi vaqtda yoritilishi bilan bog‘liq muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.
🔰 Masala mutasaddi tashkilotlar mas’ullari bilan muhokama qilinib, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarga qo‘shimcha tashqi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda mavjud yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishildi.