35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirish — kelajak xavfsizligi garovidir
янв.21
📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Axmedova Tuxfaxon Muxitdinovna tomonidan Joʻrabek mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Murojaatlar qabul qilindi
янв.21
📍 Asalobod mahallasida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
jamoat xavfsizligini taʼminlash, xavfsiz muhitni yaratish ishlari muhokama qilindi
янв.21
Donishmand mahallasida ishchi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 22-Oltinsoy saylov okrugidan saylangan deputat Tagayeva Shaxnoza Omonovna tomonidan hududdagi mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining bugungi holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida deputat asosiy e’tiborni aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalariga qaratdi. Shuningdek, hududlardagi transformator punktlari, gaz taqsimlash inshootlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning texnik tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda mahalla fuqarolaridan tushgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi. Bir qator masalalar bo‘yicha joyida tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.