35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar muhokama etildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 11-“Mustaqillik” okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar bilan mahalla ahlini tanishtirdi. Jumladan, kommunal sohalar ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi ta’minoti
holati bo‘yicha hokim o‘rinbosari hisoboti eshitilishi, unda ko‘tariladigan masalalar aytib o‘tildi. Mahalla fuqarolari L.Karimqulova, R.Xolmatova tomonidan “Sirdaryo 11” BSK faoliyatidan qoniqmayotganligi, 16 ta ko‘p qavatli uylarning 9 tasini tom qismidan tomchi o‘tishi, 8 tasining yerto‘la qismida suv borligi, “Obod turmush”
ko‘chasida va “Xos-yoz” kanali bo‘yida tungi yoritish chiroqlari ishlamasligi, 3 ta yangi transformator qo‘yish kerakligi, videokameralar 25 ta o‘rnatilgan bo‘lib, birortasi ishlamasligi, ularni ta’miri bo‘yicha 8,5 mln.so‘m mablag‘ zarurligi to‘g‘risidagi masalani ko‘tardilar. Barcha masalalar deputatning ko‘chama ko‘cha yurish daftariga qayd etilib, doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi belgilandi.
    

Slide 1 of 2