35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati G.Qarshiboyeva tomonidan Gulbog‘ va Iftixor mahallalari saylovchilariga 2026-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axborot berildi.

🤝 Uchrashuvda Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, mahalla yettiligi a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📊 Muloqot davomida deputat tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘rilgan choralar va hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

⚠️ Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan quyidagi muammolar bildirildi:

🟠 Birinchi muammo: Bahoriston ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, natijada hududda tozalik bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

🟠 Ikkinchi muammo: 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oshxonasida zarur oshxona mebellari yetishmasligi bildirildi. Mazkur masala yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish va zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilishi belgilandi.

🟠 Uchinchi muammo: Mahalla ichki ko‘chalaridan katta yuk avtomobillari qatnovi natijasida yo‘l qoplamalari buzilib, ta’mirtalab holatga kelayotgani bo‘yicha fuqarolar murojaat bildirdi.

✅ Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 8