35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati I.Karabayev tomonidan hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari hamda ijtimoiy muammolari atroflicha tinglandi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritish, Yagona ijtimoiy reyestr orqali ijtimoiy yordam olish, moddiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda kasb-hunarga o‘qitish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, ularni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi. Shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritish va Yagona ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha fuqarolarga amaldagi tartib va mezonlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. "Ayollar daftari"ga ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy yoki psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar belgilangan tartibda kiritiladi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularning qonuniy va o‘z vaqtida ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan mas'ul idoralarga tegishli tavsiyalar berildi.