35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishn Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi raisi Eshqulov Ziyodulla Abdimo'min o'g'li olib bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ–102–V-sonli qarori hamda Xalq deputatlari
Bandixon tumani Kengashining 2025-yil15-apreldagi VII-07-47-8-211-K/25 -son qarori ijrosi doirasida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, uning hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimidagi o‘rni va vazifalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida 2026-yil boshidan buyon, xususan iyul oyi mobaynida Yoshlar maslahat guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi ko‘rib chiqildi. Mazkur davrda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Yig‘ilishda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda faol ishtirok etish, hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Muhokamalar davomida guruh a’zolari tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda Yoshlar maslahat guruhining kelgusidagi faoliyati bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va ish rejasi belgilab olindi.

Slide 1 of 8