35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#Deputat_minbari

Kadastrda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi

Saylovchilarimiz kadastr xizmatiga murojaat qilganida ortiqcha qog‘ozbozlik va sarsongarchilikka duch kelishayotganini tez-tez aytishadi.

Masalan, bitta hovlini aka-uka o‘rtasida taqsimlash uchun 4 ta ariza, bitta merosni uch nafar merosxo‘rga rasmiylashtirish uchun esa 6 ta ariza topshirish talab etiladi. Buning ustiga, har bir ariza uchun alohida to‘lov qilinadi.

Yana bir muammo – birgina ariza tuman, viloyat va respublika bosqichlarida 30–50 ta jarayondan o‘tadi. Natijada oddiy masalani hal qilishga o‘rtacha 15–20 kun vaqt sarflanadi.

Prezidentimiz rahbarligida 2026-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan taqdimotda aynan shu muammolar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Bu borada joylarda ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Angren shahrida noqonuniy qurilgan uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish va ularga qonuniylik maqomini berish ishlari davom etmoqda.

Xususan, mening 19-saylov okrugimdagi "Qorabog‘" mahallasida xatlov ishlari yakunlandi. Mahallada 400 dan ortiq xonadon istiqomat qiladi. Xatlov jarayonida ayrim uy-joylarning mulk huquqi hujjatlari rasmiylashtirilмагани aniqlandi. Endi amaldagi tartib asosida ularning huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish va kelgusida turli huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, endilikda cadastr xizmatida "Bitta ariza – bitta to‘lov" tamoyili joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytiradi, vaqt va mablag‘ini tejaydi, xizmatlarni yanada shaffof va qulay qiladi.

Shuningdek, ko‘chmas mulkka oid xizmatlarning aksariyati onlayn shaklga o‘tkazilishi, qaror qabul qilish vakolatlarining hududlarga berilshi hamda ortiqcha burookratik bosqichlarning qisqartirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu o‘zgarishlar, eng avvalo, xalqimizga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.