35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari doirasida Chilonzor tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Chilonzor tumani hokimi, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o'g'li o‘z okrugi hududidagi Novza mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni yanada fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3