35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Guliston mahallasidagi lotok qurilishi ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Guliston mahallasida amalga oshirilayotgan lotok qurilishi ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallarining me’yoriy talablarga muvofiqligi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilayotgan lotokning mahallada yomg‘ir va oqova suvlarni tartibli oqizish, ichki yo‘llarni saqlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Mas’ullar bilan muloqot davomida qurilish ishlarini belgilangan grafik asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, qurilish jarayonida texnik talablarga qat’iy rioya etish hamda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli
ko‘rsatmalar berildi.
Obod va farovon mahallalarni barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunday ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 9