35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputatlari N.Xamidova va J.Umarovlar tomonidan Sardoba tumani Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi va yangi tayinlangan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash va murojaatlarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Suhbatlar davomida ayrim yo‘nalishlarda ijobiy natijalar kuzatilayotgani qayd etilgan bo‘lsa-da, mahalladagi barcha muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga manzilli yechim topish borasida hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar mavjudligi ta’kidlandi.
Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish, har bir xonadonning holatini chuqur o‘rganish va murojaatlar ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faqatgina hisobotlarda emas, balki amalda ham natijadorlikka erishish mahalla yettiligi va ijtimoiy xodim faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
Deputatlar tomonidan aholi bilan muloqotlarni yana-da faollashtirish, muammolarni erta aniqlash va ularni hal etishda tashabbuskorlikni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, har bir mas’ul o‘z vazifasiga vijdonan yondashib, mahalladagi islohotlarning haqiqiy natijasi aholi turmushida sezilishi lozimligi ta’kidlandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi va belgilangan vazifalar ijrosi muntazam o‘rganib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3