35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Deputatlik o‘rganuvi amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganuvi amalga oshirildi.

O‘rganish davomida pedagog xodimlarning qonunda belgilangan huquq va kafolatlari ta'minlanishi, kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, ularning kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, xizmat vazifalarini bajarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ta'lim muassasasida pedagoglarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash va qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma'lumotlar umumlashtirilib, masala Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi majlisida muhokama qilinadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.