Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–931) ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv va tushuntirish suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida Qonunning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha belgilangan talablar, davlat tashkilotlari xodimlarining xizmat vazifalarini halol, xolis va shaffof amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, bunday vaziyatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qilish, korrupsion xavflarning oldini olish hamda xizmat faoliyatida ochiqlik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida tibbiyot sohasida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolarga sifatli hamda shaffof tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3