Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.

 Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.

#24_masala

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov, Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekova, hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy loyihalarning ijrosi joyida o‘rganildi.

✅ Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati tashabbusi va tanlovi asosida “Open budjet” loyihasi doirasida ta’mirlanishi belgilangan 61-sonli umumta’lim maktabida olib borilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishildi.

✅ O‘rganish jarayonida maktab binosining mavjud holati, ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlari, qurilish-ta’mirlash ishlarining bosqichlari va muddatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmani yaxshilash, sinfxonalarni zamonaviy jihozlash hamda sanitariya-gigiena talablariga muvofiq holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Qayd etilganidek, “Open budjet” loyihasi aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✅ Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda 61-sonli umumta’lim maktabida 125 nafar o‘quvchilar tahsil olayotgan bo‘lib, shundan 47 nafar boshlang‘ich sinf, 78 nafar yuqori sinf o‘quvchilarini tashkil etadi. 2015-yilda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan maktab binosining tashqi fasad qismi ta’mirlangan.

Slide 1 of 6