Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
MAHALLA YETTILIGIGA QONUNCHILIK TALABLARI TUSHUNTIRILDI

 MAHALLA YETTILIGIGA QONUNCHILIK TALABLARI TUSHUNTIRILDI 

Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputati A.Isaxonov, kotibiyat mudiri R.Nodirov, bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov, shuningdek tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida M.Xasanov
mahallasida “mahalla yettiligi” hamda ko‘chaboshlari bilan uchrashib, Kengash
doimiy komissiyasi kesimida o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining
2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonuni mazmun-mohiyati, shuningdek, Davlatimiz
rahbarining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni talablarini yetkazdi.
 

Shuningdek, deputatlar hamda tuman mas’ullari tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolariga o‘zaro
hamjihatlikda, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan holda ish olib borish muhimligi
alohida ta’kidlandi.
 

Mahalladagi muammolarni tizimli ravishda hal etish, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga
qo‘yish va jamoaviy mas’uliyatni kuchaytirish orqali samarali natijalarga
erishish mumkinligi qayd etildi.
 

Yakunda yettilikning har bir a’zosi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni
sidqidildan, yuksak mas’uliyat bilan bajarishi zarurligi, bu esa mahallada
tartib-intizomni mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholi
ishonchini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
  

Slide 1 of 3