Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 5-Yoshlar saylov okrugi deputati M.Xudoyberdiyeva tomonidan deputatlik nazorati doirasida saylov okrugi hududidagi mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilish tizimi joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida ichki yo‘llarning harakatlanish uchun qulayligi, ayrim yo‘llarda ta’mirlash ishlari zarurligi, mavjud yoritish ustunlari va tungi yoritish tizimining ishlash holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputat tomonidan mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, taklif va mulohazalari, murojaat hamda e’tirozlari tinglandi.

📝 Aholi tomonidan bildirilgan taklifalr yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash hamda ijrosini nazoratga olish maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📌 Hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mahallalarda qulay infratuzilmani shakllantirish borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5