Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida qabul jarayonining shaffofligi, hujjatlarni qabul qilish tartibi, kirish sinovlarini tashkil etish, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ota-onalar uchun qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026–2027-o‘quv yilida maktabga 130 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan. Nomzodlarni tanlab olish jarayoni amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida, ularning qobiliyati va ijodiy salohiyatini xolis baholash tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

Shuningdek, maktabda ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, sinf xonalari, musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlanganlik hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida qabul jarayonlarini ochiq va shaffof tashkil etish, iste’dodli bolalarni saralash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3