Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
“Saxovat” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faolining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarni qabul qilish amaliyoti, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3