Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#deputat_nazorati #biriktirilgan_tashkilot

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal etish maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh. Madaminova Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar deputatga biriktirilgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi hamda mahalladagi ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda tashkil etildi. Xonadonbay oʻrganishlar davomida fuqarolarning ijtimoiy, moddiy va huquqiy masalalari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar joyida o‘rganildi.

Aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, mavjud imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Inson qadri, fuqarolar murojaatlariga e’tibor va mahallabay ishlash tamoyili asosida olib borilayotgan bunday uchrashuvlar aholining muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ularning turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4