Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E. Yunusov raislik qildi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi D. Qodirova hamda Ekspert maslahat guruhi a’zolari M. Madaminov, S. Toshpulatov va M. Saydmurotovalar ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan shahar moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan Marg‘ilon shahar hokimligining Xalq deputatlari shahar Kengashiga taqdim etgan taklifi to‘g‘risida xisobot berdi. Mazkur masala yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida deputatlar tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga berilgan javoblar ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan javoblarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarning amaldagi ijrosi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan ayrim masalalar yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berilib, mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar tavsiya etildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli xulosalari va tavsiyalari qabul qilindi.

Slide 1 of 10