Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yashnobod tumanidagi 216-sonli umumta’lim maktabida bayram tadbiri hamda sport maydonchasida tashkil etilgan “Kelajak” yozgi oromgohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangidavr mahallasida deputat bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Natalya Yurevna Odintsovaning 18.05.2026-yildagi 37-ds-422-26-sonli deputat so‘rovi yuzasidan javob olindi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sharipov Alisher Eduardovich “Olmos” MFYda mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Yashnobod tumanida yangi “Yashil bog‘” tashkil etiladi
янв.21
📍Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati B.Xudoyarov tomonidan “Jarqo‘rg‘on” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy savodxonligi — muhim yo‘nalish
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Suvonqulov Sardor Qurbonali o‘g‘li tomonidan “Parvoz” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Asalobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
💐 Joriy yilning 25 may kuni Yashnobod tumani MMTB tasarrufidagi 149-sonli umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Bolalar — yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng katta boyligi va kelajagimiz bunyodkorlaridir. Ularning sog‘lom, bilimli, baxtli va har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi davlatimiz va jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biridir.

Bugungi quvonchli bayram munosabati bilan barcha bolajonlarga mustahkam sog‘lik, beg‘ubor bolalik, yorqin kelajak, o‘qish va ijodda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Har bir xonadonda bolalar kulgusi yangrab, ularning orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin. Farzandlarimiz Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetsinlar.

Aziz bolajonlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarning baxtiyor va quvnoq hayotingiz — barchamizning eng katta quvonchimizdir!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi